Muhammad Saloh boshqa jamoaga o‘tadigan bo‘ldi, faqat...

  • 14 yanvar, 11:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul”ning bugungi kundagi eng zo‘r to‘purari Muhammad Saloh Angliya Premer-ligasini tark etib, faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradigan bo‘ldi.

Tecno

Saudiya Arabistoni sportni yoritish bo‘yicha ommaviy axborot vositalari federatsiyasi vakili Abdulhodiyning  ma’lum qilishicha, misrlik futbolchi yozda erkin agent maqomida shayxlar ixtiyoriga ko‘chib o‘tadi.

- Muhammad Saloh Saudiya Arabistoni hukumati bilan ushbu mamlakat ligasida o‘ynash bo‘yicha o‘zaro kelishib oldi, biroq hozircha uning aynan qaysi jamoada o‘ynashi noma’lum bo‘lib turibdi, - dedi Abdulhodiy.

32 yoshli futbolchi bilan hamkorlik o‘rnatayotgan Saudiya Arabistoni davla invesititsiya jamg‘armasi (PIF) ayni paytda mamlakat Professional ligasida eng baquvvat to‘rtta jamoaga egalik qiladi.

Bu jamg‘arma “Al-Hilol”,  “Al-Ittihod”, “An-Nasr” va “Al-Ahli”ga jahon darajasidagi yulduzlarni olib kelishga mas’ul hisoblanadi. Muhammad Saloh esa, aynan mana shu jamoalardan biriga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!