Xavi Muhammadni “Barselona”ga chaqiryapti

  • 12 may, 2022, 17:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xavi Ernandes “Barselona” himoyasini kuchaytirish maqsadida “Sautgempton” o‘yinchisi Muhammad Salisuni Kataloniyaga chorlamoqda.

Tecno

23 yoshli ganalik himoyachi Ispaniya chempionati vakili “Valyadolid” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Jismonan baquvvat o‘yinchini “avliyolar” ikki yil muqaddam 12 million evroga xarid qilgan edi.

Muhammad Salisu himoya markazida va chap qanotda ishonchli o‘yin ko‘rsatib kelmoqda.

Bu futbolchi barcha turnirlarda 35 marotaba maydonga tushib, o‘z vazifasini bajarishdan tashqari, raqiblar darvozasini bir marta ishg‘ol qilishga ham muvaffaq bo‘ldi.

Salisuning amaldagi shartnomasi yana ikki mavsum davom etadi. Kataloniyaliklar uni 15 million evroga xarid qilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!