Mudrik faoliyati APLning top-klubida davom ettirishi mumkin

  • 3 oktabr, 2024, 00:00
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” safida o‘zini ko‘rsata olmagan Mixail Mudrik faoliyatini Angliyaning boshqa bir kuchli klubida davom ettirishi mumkin. TodoFichajes xabar berishicha, ukrainalik vingerga “Liverpul” qiziqish bildirmoqda.

Tecno

Mersisaydliklar yozda klubdan ketishi ehtimoli bo‘lgan Muhammad Saloh o‘rniga tezkor qanot hujumchisini olib kelishmoqchi.

Manbada yozilishicha, “Chelsi” Mudrikni 50 million evro atrofida sotmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Mixail 70 million evro evaziga “Shaxtyor”dan London klubi safiga qo‘shilgan edi. Futbolchi “aristokratlar” uchun 64 ta uchrashuvda 7 ta gol va 6 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!