Muattar Nabieva Osiyo chempionatida sovrindor bo‘ldi

CHERY AUTO

Ayni kunlarda og‘ir atletika bo‘yicha ham Osiyo chempionati bahslari davom etmoqda. Xitoyning Ninbo shahrida kechayotgan qit’a birinchiligida terma jamoamiz dastlabki medalini qo‘lga kiritdi.

Tecno

Ayollar o‘rtasida -55 kilogramm vazn toifasida bahs olib borgan yurtdoshimiz Muattan Nabieva musobaqada 3 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Yurtdoshimiz dast ko‘tarishda 91, siltab ko‘tarishda 113 kilogarmm natija qayd etib har ikki mashq va umumiy hisob (204 kg) bo‘yicha uchinchi o‘rinni egalladi. Bu haqida MOQ xabar bermoqda. 

Og‘ir atletika, Osiyo chempionati. Xitoy
Ayollar, -55 kg.
1. Tsiyun Lyao (Xitoy) – 224 kg (96 kg + 128 kg)
2. Xidilin Diaz (Filippin) – 209 kg (94 kg + 115 kg)
3. Muattar Nabieva (O‘zbekiston) – 204 kg (91 kg + 113 kg)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
kamoliddin
22/04/2019 19:13
Muattar galaba bilan tabriklayman