
Moyze Kin yana A Seriyaga qaytishi mumkin. Chunki...
“Everton” klubi forvardi Moyse Kin yana Italiyaga qaytishi mumkin.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 19 yoshli futbolchi hali APLga moslasha olmayapti va shu bois uning agenti Mino Rayola mavsum oxirigacha unga yangi jamoa izlamoqda. Ma’lumotlarga qaraganda unga "Milan"dan qiziqishlar mavjud.
Eslatib o‘tamiz, "Everton" Kinni o‘tgan yozgi transferlar davrida “Yuventus”dan 27,5 mln evro evaziga sotib olgan edi. U joriy mavsum 11 ta o‘yinda maydonga tushdi va bor yo‘g‘i 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar