
Moyze Kin Madrid klubiga o‘tishi mumkin
"Yuventus" futbolchisi Moyze Kin La Ligaga yo‘l olishi mumkin. Unga "Atletiko" jiddiy qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi Fabritsio Romano.
"Matraschilar" hujumchini ijaraga olish ustida ishlamoqda. Bu transfer Anxel Korreaning Madrid jamoasini tark etishiga bog‘liq. Ayni paytda "Atletiko" "Al-Ittihod" bilan argentinalik hujumchi borasida muzokaralar olib boryapti. Agarda u Saudiya klubiga ko‘chib o‘tsa, ispaniyaliklar Kinni o‘z safiga qo‘shib oladi.
Italiyalik hujumchi "Atletiko"ga o‘tishga rozi bo‘ldi. U turinliklar safida kam o‘yin amaliyotga ega bo‘layotganidan norozi va o‘ziga yangi jamoa izlayapti. Futbolchi mazkur mavsum "Yuventus" tarkibida 12 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Futbolchilik faoliyatini aynan "keksa sinora"da boshlagan Kinni o‘tgan yozda klub "Everton"dan 30 million evro evaziga sotib olgandi. Bungacha esa "Yuventus"da 2 yillik ijara asosida o‘ynayotgandi.
Fikrlar