Mourinyu yozda "Roma"ni tark etishi mumkin

  • 2 mart, 2023, 17:10
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" ustozi Joze Mourinyu jamoadan ketishi mumkin. Jamoa rahbariyati unga shart qo‘ygan.

Tecno

"La Gazzetta dello Sport" nashri xabariga ko‘ra, agar "Roma" ichki chempionatda kuchli to‘rtlikka kira olmasa va kelasi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etmasa, Mourinyu yozda jamoani tark etadi.
Portugaliyalik mutaxassisning "Roma" bilan amaldagi shartnomasi muddati 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tpmiz, 5 mart kuni "bo‘rilar" A Seriyaning navbatdagi uchrashuvida o‘z maydonida "Yuventus" bilan bahs olib boradi. "Roma" ayni damda chempionat turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!