Mourinoning oldiga bormayman!

  • 9 may, 2022, 20:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Nemanya Matich yozda klubdan ketishini e’lon qilganidan keyin “Roma” serbiyalik futbolchini birinchilardan bo‘lib o‘z safiga chorlagan edi.

Tecno

Rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourino Matichga “Chelsi” va “Manchester Yunayted”da ustozlik qilgan.

Qadrdon ustozi chorloviga qaramay, Nemanya Matich A Seriyada “bo‘rilar”ning ashaddiy raqib bo‘lgan “Yuventus”ga o‘tishga rozilik berdi.

Matich besh yildan beri manchesterliklar sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Keyingi paytda uning asosiy tarkibga kirishi qiyinlashib qoldi. Nemanya joriy mavsumda barcha turnirlarda 32 ta uchrashuvda qatnashib, to‘rtta golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!