
Mourinoni umuman kutilmagan jamoaga chaqirishyapti
“Roma”ni boshqarayotgan Joze Mourino top-murabbiy darajasiga ko‘tarilganidan keyin doim o‘z oldiga yuksak maqsadlarni qo‘ygan grand jamoalarda ishlagan.
Biroq, portugaliyalik mutaxassisga Angliya Premer-ligasining o‘rtamiyona jamoalaridan “Vest Xem” og‘iz solmoqda. Ushbu klub rahbarlari jamoani Mourino boshqarishini istayapti. Ular murabbiyni ko‘ndirish uchun katta darmadli shartnoma taklif qilishga tayyor.
Ayni paytda “Vest Xem”ni Devid Moyes boshqarmoqda. Lekin uning qo‘l ostida jamoa xavfli hududga yaqinlashib qoldi.
Joze Mourino Angliya chempionatida katta tajriba to‘plagan. U o‘z davrida “Manchester Yunayted”, “Chelsi” va “Tottenxem”da ishlagan.
Fikrlar