
Mourinoni Saudiyada kutishyapti
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino Sauliya Arabistoni shayxlari e’tiboridan chetda qolgani yo‘q.
Bu mamlakat klublari Evropaning nomdor o‘yinchilari va mashhur murabbiylarini o‘z safiga chorlayapti.
Xususan, portugaliyalik mutaxassis ham saudiyaliklardan mo‘may daromadli taklif oldi. Bu haqda taniqli insayder Nikolo Skira ma’lumot berdi.
Manbaning ta’kidlashicha, Mourino arablarning taklifini qabul qilmagan. U Rim klubidagi faoliyatini davom ettirishni istayapti.
Mourinoning poytaxtliklar bilan kelishuv yana bir yil davom etadi. Mourino kelasi mavsum o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani uddalab, “Roma”ni Chempionalar ligasiga olib chiqishni ko‘zlayapti. Klub xo‘jayinlari esa uni transferlar bilan qo‘llab-quvvatlamoqchi.
Fikrlar