Mourinoga nima bo‘lyapti?

  • 5 aprel, 2021, 21:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha “Tottenxem” Angliya premer-ligasining 30-turida “Nyukasl” bilan 2:2 hisobida durang qayd etdi. Ammo eng qiziq holat o‘yindan so‘ng bo‘ldi.

Tecno

Gap shundaki, portugaliyalik mutaxassis belgiyalik himoyachi Tobi Alderveyreld nega o‘yin qaydnomasiga kiritilmagani haqida berilgan savolga u terma jamoa safidan qaytgach, faqatgina shanba kunidan boshlab, klub mashg‘ulotlariga qo‘shilgan, deb aytgan.

Lekin “Tottenxem”ning payshanba kungi mashg‘ulotlari aks etgan suratlarda va juma kungi videolavhalarda Alderveyreldni ko‘rish mumkin edi. Daily Mail nashri o‘z sahifalarida Mourino “Tottenxem” futbolchilari va xodimlari o‘rtasida chalkashliklar keltirib chiqarganini yozdi.

“Tottenxem” ayni damda Angliya premer-ligasida 30 turdan so‘ng 49 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda. London grandi navbatdagi uchrashuvni 11 aprel kuni "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!