Mourinoga MYu yulduzi kerak

  • 30 iyun, 2021, 20:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma”ni qabul qilib olgan Joze Mourino o‘z rejalarini amalga oshira boshladi. Portugaliyalik mutaxassis klub xo‘jayinlaridan “Manchester Yunayted” bilan shartnomasini yangilagan Edinson Kavanini sotib olishni talab qilmoqda.

Tecno

Urugvaylik futbolchi o‘tgan mavsumni yuqori darajada o‘tkazganidan keyin bir yillik shartnomaga ega bo‘lgandi.

Ayni paytda manchesterliklar Jeydon Sancho transferi ustida ish olib bormoqda. Bu masala deyarli hal bo‘lgan. Agar Sancho Sulsher qo‘l ostiga keladigan bo‘lsa, klub hujum chizig‘idagi futbolchilaridan birini qo‘yib yuborishiga to‘g‘ri keladi.

Mourino shu vaziyatdan foydalanib, Kavanini “Roma”ga jalb qilmoqchi.

“Manchester Yunayted” sobiq bosh murabbiyining taklifini qabul qilsa, Kavani transferidan 8 million funt ishlab olishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!