
Mourino yulduzlar o‘rniga boshqa futbolchi qidira boshladi
Joze Mourino chempionat avvalidanoq murakkab vaziyatga tushib qoldi. Jamoaga yangi qo‘shilgan yarim himoyachi Jorjino Veynaldum ikkinchi tur oldidan o‘tkazilgan mashg‘ulotda oyog‘ini sindirib olib uzoq muddatga safdan chiqdi.
“Kremoneze” bilan bo‘lgan bellashuvda universal hujumchi Nikolo Dzanolo shikastlanib, u ham yaqin kunlarda jamoasiga yordam bera olmaydi.
Italiya matbuotining yozishicha, klub sport direktori Tyagu Pinto bosh murabbiy talabi bilan jarohatlangan o‘yinchilar o‘rnini bosadigan nomzodlarni qidirmoqda.
Maydon markaziga taklif qilinadigan birinchi raqamli nomzod erkin agent maqomida yurgan Florian Grillich hisoblanadi. Shuningdek, bu pozitsiyaga Sasha Lukich, Leandro Paredes, Allan va Denis Zakariya ham mo‘ljallanmoqda.
Rimliklar hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun “Marsel” vakili Arkadiush Milik va “Barselona”dan ketishi kutilayotgan Memfis Depay nomzodini o‘rganib chiqyapti.
Fikrlar