Mourino uni superhujumchiga aylantiradi!

  • 11 iyul, 2022, 22:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus”ning sobiq futbolchisi Massimo Mauro turinliklar bilan xayrlashgan argentinalik yulduz Paulo Dibalaga maslahat berdi.

Tecno

Massimo Mauro  “Yuventus” safida 1985-1989 yillarda to‘p tepgan.

- “Roma” Dibala uchun eng yaxshi variant. Chunki Joze Mourino o‘yinchi uchun muhim sifatlarni kashf qilishni biladigan murabbiy hisoblanadi.

Portugaliyalik mutaxassis Dibalani har mavsum kamida 20 ta gol uradigan to‘purarga aylantirishiga aminman. Temmi Abraxam va Lorentso Pellegrini yonida o‘ynab, Dibala yangi qirralarini ochishi va o‘zini nimalarga qodirligini ko‘rsata oladi, - dedi Massmo Mauro.

Paulo Dibala Turindagi etti yillik faoliyatidan keyin jamoa bilan xayrlashdi. Ayni paytda argentinalik yulduz bir necha klubdan taklif olgan. Ular orasida “Roma” ham bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!