Mourino turk klublarini tanqid qildi

  • 6 dekabr, 2024, 20:38
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joze Mourino Turkiya chempionatining o‘ziga xos jihatlari haqida gapirdi. 

"Turklar o‘z jamoalariga aqldan ozgan darajada muxlislik qiladi. Biroq Angliyada bu butunlay boshqacha. "Chelsi"da ishlaganimda uyga piyoda borishim mumkin edi. 

Bu erda murabbiylarni tez-tez almashtirish madaniyati bor. Hozir dekabr va beshta murabbiy allaqachon o‘z lavozimini tark etgan. 

Turk jamoalari Evropada o‘z oldiga yuqori maqsadlar qo‘ymaydi. Ularning asosiy e’tibori Turkiya chempionatiga qaratilgan. 

Turkiya klublari odatda himoyaga urg‘u berib o‘ynashadi. Ba’zi jamoalar hujumda faol pressing qilishadi. Biroq ularning asosiy maqsadi himoya. Biz ko‘proq hujumkor o‘yin uslubiga e’tibor qaratishimiz kerak",
- dedi "Fenerbaxche" bosh murabbiyi. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!