Mourino transferni to‘xtatib turibdi

  • 28 yanvar, 2023, 21:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma”ni tark etishi kerak bo‘lgan o‘yinchilardan biri – Matias Vina Angliya premer-ligasining  “Bornmut” klubi bilan kelishuvga erishgan.

Tecno

Urugvaylik futbolchi mavsum oxirigacha ijarada o‘ynab, yozda yangi klubiga to‘liq ko‘chib o‘tmoqchi. Bu transfer amalga oshsa, “Roma” g‘aznasiga 15 million evro kelib tushadi.

Tomonlar o‘zaro kelishuvga erishganiga qaramay, jahon chempionatida qatnashgan himoyachi hamon “Roma” mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda.

Manbalarning ta’kidlashicha, bosh murabbiy Joze Mourino Vinaning ketishiga hali ruxsat bermagan.

Corriere dello Sport nashrining yozishicha, portulagiyalik mutaxassis klub rahbariyati Matias Vinaning o‘rnini bosa oladigan futbolchi topishiga amin bo‘lganidan keyin urugvaylik shogirdining ketishiga izn beradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!