Mourino talqiniga ko‘ra EChLning joriy mavsumdagi ramziy terma jamoasi bilan tanishing
Xabaringiz bor 1 iyun kuni Madridda bo‘lib o‘tgan “Tottenxem” va “Liverpul” (0:2) jamoalari o‘rtasidagi final uchrashuvidan so‘ng Chempionlar ligasining 2018/19 yilgi mavsumiga rasman yakun yasaldi.
UEFA rasmiy sayti musobaqaning joriy mavsumdagi eng yaxshi futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoani e’lon qildi. O‘z navbatida portugaliyalik mashhur murabbiy Joze Mourino ham o‘z talqiniga ko‘ra EChLning joriy mavsumdagi eng munosib futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi.
Darvozabon: Alisson ("Liverpul");
Himoyachilar: Trent Aleksandr-Arnold, Virdjil van Deyk, Endryu Robertson (barchasi - "Liverpul"), Matteys de Ligt ("Ayaks");
Yarim himoyachilar: Frenki de Yong, Donni van de Bek (ikkalasi - "Ayaks"), Kristian Eriksen ("Tottenxem");
Hujumchilar: Muhammad Saloh, Sadio Mane (ikkalasi - "Liverpul"), Lionel Messi ("Barselona").



Fikrlar