Mourino so‘ragan futbolchini berishmadi

  • 6 dekabr, 2022, 22:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino Rimga kelganidan beri “Sassuolo” etakchisi Davide Frattezini qo‘lga kirimoqchi bo‘lyapti.

Tecno

Portugaliyalik mutaxassis asli “Roma” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan o‘yinchi jamoaning markazdagi imkoniyatlarini kengaytira olishiga ishonmoqda.

Frattezining o‘zi ham Rimga ko‘chib o‘tishga tayyorligini bildirgan. Tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanvar oyidan boshlamoqchi.

Biroq, bunga “Sassuolo” rahbariyati ko‘nmayapti. Davide shu yilning bahorida klub bilan shartnomasini 2026 yilning yarmigacha uzaytirgan. Uning transferi 22 million evroga baholanmoqda.

Endi Tyagu Pinto “Sassuolo” rahbariyati bilan uchrashib, Frattezini qishki transferlar vaqtida qo‘yib yuborishga ko‘ndirishni rejalashtirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!