Shomurodovga ishonch yo‘q(mi?)

  • 30 oktabr, 2022, 18:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘zbek futbolidagi eng yorqin hujumchilardan biri Ja’far Irismetov Rossiyaning https://metaratings.ru saytiga bergan intervyusida bugungi kunda yurtimizning eng mashhur futbolchisi hisoblangan Eldor Shomurodovning Italiya chempionatidagi faoliyatiga ham to‘xtalib o‘tdi.

Ta’kidlash joizki, Eldor ayni paytda juda qiyin davrni boshidan o‘tkazmoqda. “Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino yozgi transferlar vaqtida legionerimizga o‘nga yaqin jamoadan qiziqish bo‘lgani qaramay, uni Rimda olib qolishga qaror qildi, imkon berilishini ta’kidladi, biroq amalda hali etarli darajada o‘yin amaliyoti taqdim qilayotgani yo‘q va bor-yo‘g‘i bir necha marta, bir necha daqiqa o‘ynatdi xolos.

shoma

Ja’far Irismetov borada berilgan savollarga quyidagicha javob berdi. 

- Shomurodovning Italiyadagi faoliyatini kuzatib boryapsizmi?

-  Albatta. Eldor O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinchisi, u mamlakat bosh jamoasiga yordam berish muhim. Shomurodovning o‘sishini kuzatish sport direktori sifatida menga juda zarur. Faqat shu darajadagi o‘yinchining kam maydonga tushayotgani achinarli holat.

U bemalol o‘ynay oladi. “Roma”ga katta umidlar bilan o‘tgandi, lekin vaqti-vaqti bilan unga ishonishmayotgani bilinib qolyapti.

O‘tgan mavsumda Eldor va Temmi Abraxam bor edi. Keyin Andrea Belottini olishdi. Demak, ishonchsizlik bor. Ularni nimadir qoniqtirmaganini his qilish mumkin, chunki bir hujumchi bilan o‘ynaganda Shomurodovning o‘zi etarli bo‘lardi. Paulo Dibalani o‘z saflariga qo‘shishdi.

Argentinalik futbolchini 10-raqam egasi sifatida qabl qilishimiz tabiiy, lekin Shomurodov, Abraxam va Dibala borligida “Roma” Belottini olmasdan, Eldorga ishonsa ham bo‘lardi. Mourino hamyurtimizga u qadar ishonch bildirmagan ko‘rinadi. Buning oqibatida Shomurodov deyarli maydonga tushmayapti.

Avval ham aytganimdek, “Roma” zaxirasida o‘tiradimi yoki futbol o‘ynashni ma’qul ko‘radimi, buni Eldorning o‘zi hal qiladi. Bizda bu masala haqida ko‘p yozishyapti, muhokama qilishyapti, o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun boshqa jamoaga ketishini maslahat berishyapti. Italiyada uning klubida nima bo‘layotganini bilmayman, maslahatni esa hamma beraveradi. Nega klubdan ketmadi, buni faqat uning o‘zi bilsa kerak.

Mening ham faoliyatimda shunday holat ham bo‘lgan va zaxirada o‘tirib, pul ishlashim mumkin edi, lekin men ketganman – vaziyatga qarab, o‘zim qaror chiqarganman.

Qishda Eldor ketishi mumkin, chunki 3-4 ta o‘yin o‘tkazdi xolos, u ham bo‘lsa, boshlang‘ich tarkibda emas.

d8b75747ad0e932a6836d9d60bd4516f

Darhaqiqat, Eldor Shomurodov mavsum boshlanganidan beri A Seriyada to‘rt marotaba, Evropa ligasida ikki bor maydonga tushib, jami 78 daqiqa harakat qildi. Bu uch oy davomida bitta to‘liq o‘yinga etmaydigan vaqt.

Shunga qaramay, Eldor “Roma”ning Evropa ligasidagi birinchi goliga mualliflik qildi. Italiya matbuoti o‘zbekistonlik hujumchiga “Bolonya” va “Torino”dan jiddiy qiziqish bo‘layotganini yozmoqda.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori “Roma” o‘tganidan beri jami 46 marotaba maydonga tushdi va raqiblar darvozasiga oltita to‘p kiritgan. Bundan tashqari, Eldor jamoadoshlarining oltita goliga hammuallif bo‘lgan. Uning Rim klubi bilan shartnomasi 2026 yilning yarmigacha imzolangan.

Eldor Shomurodov O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 57 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 31 marotaba ishg‘ol qilgan.

O‘runov borishi mumkin bo‘lgan yagona klub bor!

Ana xolos. O‘runovning “Ural”dan ketishiga janjal sabab bo‘lgan!

Shomurodov o‘rniga Ronaldu!

“Roma” yutqazdi, Shomurodov “sehrli tayoqcha” bo‘lolmadi, g‘azablangan Mourino nimalar dedi?

Italiyalik muxlislar Shomurodov transferiga qanday munosabatda?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Gairat Alimov
29/10/2022 18:31
Нега УФА жим ?? Нега харакат килмайди? Спорт сиесати деган нарса бор керак булса аралаши керак, миллий терма команданинг мухим уйинчиси уйин амалиетисиз коли кетяптику ахир. Бир узига подержка керак