
Mourino shogirdlari hech narsani qoyillatmadi
Futbolchilik davrida “Milan”da to‘p tepgan Chernogoriya futbol federatsiyasi prezidenti Deyan Savichevich “Roma” etakchilari Nikolo Dzanolo, Lorentso Pellegrini va bosh murabbiy Joze Mourino haqida fikr bildirdi.
“Roma” Joze Mourino qo‘l ostida Konferentsiyalar ligasida g‘olib chiqib, uzoq kutilgan sovringa ega bo‘ldi. Ko‘pchilik o‘tgan mavsum o‘zini ko‘rsatgan Nikolo Dzanolo va Lorentso Pellegrinini va jamoani g‘alaba sari etaklagan Mourinoni maqtayapti.
Biroq, Italiya futbolini yaxshi tushunadigan Deyan Savichevich bunga qo‘shilgani yo‘q.
- Tiranadagi finalda Dzanoloni bir necha marotaba ko‘rdim. Men undan ko‘proq narsa kutgandim. U ham, Pellegrini ham meni hayratga solgani yo‘q.
Joze Mourino esa, g‘alabani xuddi Chempionlar ligasini yutganday nishonladi. U top darajadagi murabbiy bo‘lishdan tashqari juda zo‘r aktyor hamdir. U nafaqat Italiyada, balki butun Evropada ulkan yutuqlarga erishgan va uni doim buyuk murabbiy sifatida esga olishadi, - dedi Deyan Savichevich.
Fikrlar