
Mourino shogirdidan voz kechdi
“Tottenxem” va Belgiya terma jamoasi himoyachisi Yan Vertongen yozda erkin agent sifatida “Roma” tarkibini kuchaytirishi mumkin.
Ayni paytda rimliklar tajribali himoyachiga ehtiyoj sezmoqda.
Shuning uchun “Roma” rahbariyati Mourinoning shogirdiga 2+1 tizimida shartnoma taklif qilishga tayyor.
Vertongen “Ayaks”dan “Tottenxem”ga ko‘chib o‘tganidan keyin 300dan ortiq uchrashuvda qatnashdi. Mudofaa markazi va chap qanotda to‘p sura oladigan futbolchi hali “Roma” taklifini qabul qilgani yo‘q.
Fikrlar