Mourino "Roma"ga zo‘r himoyachi topdi!

  • 24 iyun, 2022, 13:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frankfurtning "Ayntraxt" klubi himoyachi Evan N’Dika "Roma"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Tecno

Corriere dello Sport nashri xabariga ko‘ra, 22 yoshli frantsiyalik futbolchini shaxsan rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourino ko‘z ostiga olib qo‘ygan. Portugaliyalik mutaxassis N’Dikani katta salohiyatga ega kuchli himoyachi sifatida ko‘radi.

Italiya nashrlarining yozishicha, Rojer Ibanes “Roma”ni tark etgan taqdirdagina N’Dika jamoaga kelishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Evan N’Dika o‘tgan mavsum “Ayntraxt” safida jami 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!