
Mourino “Roma”ga superforvard olib keladi
Joze Mourino kelasi mavsum uchun o‘z jamoasiga yangi o‘yinchilar tanlay boshladi. Portugaliyalik mutaxassis yozda Romelu Lukakuni taklif qilmoqchi. Bu haqda jurnalist Rahmon Usmon xabar berdi.
Lukaku aslida “Chelsi”ga tegishli. Biroq, “aristokratlar” uning xizmatidan foydalanmaslik uchun “Inter”ga ijaraga berib yuborgandi. Milanliklar ham qimmatbaho hujumchini mavsum tugashi bilan Londonga qaytarib yubormoqchi.
“Chelsi” bosh murabbiyi Maurisio Pochettino hozir jamoani tozalash bilan band. Argentinalik mutaxassis tarkibni yangidan shakllantiradi.
Shu bois, “Roma”da 30 yoshli belgiyalik to‘purarni transfer qilish imkoniyati bor. Lukaku joriy mavsumda 35 ta uchrashuvda 14 ta gol va oltita assist qayd etdi.
Fikrlar