
Mourino "Roma"ga qishki transfer vaqtida birinchi bo‘lib kimni olib kelishi aniq
"Sassuolo" yarim himoyachisi Davide Frattezi faoliyatini "Roma"da davom ettirishi mumkin, deya yozmoqda "Tuttomercato" nashri.
Manbaning xabariga ko‘ra, Frattezi transferini "bo‘rilar" bosh murabbiyi Joze Mourinoning shaxsan o‘zi xohlamoqda. Klub qishdayoq ushbu futbolchini xarid qilmoqchi.
"Sassuolo" havbekni kamida 20 million evroga qo‘yib yubormoqchi. Davide "Roma" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Agar transfer amalga oshsa, u o‘zining sobiq klubiga qaytgan bo‘ladi.
Fikrlar