
Mourino “Roma”ga osiyolik o‘yinchi olmoqchi
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino yapon futboliga bee’tibor emas. Portugaliyalik mutaxassis yozda o‘z jamoasiga “Ayntraxt”da o‘ynayotgan Daichi Kamadani olib kelishga qaror qildi.
Yaponiyalik yarim himoyachi Qatardagi jahon chempionatida ham o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsata oldi. U Yaponiya terma jamoasining to‘rtta uchrashuvida ham qatnashdi.
Mourinoga 26 yoshli futbolchining universalligi va gol ura olish qobiliyati ma’qul kelmoqda, deb yozdi Il Romanista nashri.
Kamada joriy mavsum Bundesligada 13 ta uchrashuvda ettita gol va uchta assist muallifi bo‘ldi. Uning amaldagi shartnomasi mavsum oxirida tugashi Mourinoga o‘zi istagan futbolchini bepul olish imkonini beradi.
Fikrlar