
Mourino “Roma”ga kimlar kerakligini aytdi
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino yozda klub mutasaddilari bir necha transferlarni uddalaganiga qaramay, tarkib to‘liq shakllanmaganini aytdi.
- Zaxira o‘rindig‘iga qarab, imkoniyatlarimiz ancha cheklanganini tushunish qiyin emas. Bizga birinchi navbatda hujumchi kerak. Ma’lum bo‘lishicha, buni uddalik va u erta-indin safimizda bo‘ladi.
Endi bizga jarohat olib, uzoq muddatga maydonda tashqarida qolgan Jorjino Veynaldum o‘rnini bosadigan yarim himoyachi kerak bo‘lyapti.
Umumiy hisobda uchta futbolchi olishimiz kerak, - dedi Joze Mourino.
Ta’kidlash joizki, klub mutasaddilari Joze Mourino kutgan hujumchi Andrea Belottini “Roma” futbolchisiga aylantirishni uddaladi.
Fikrlar