Mourino “Roma”dan ketishiga to‘g‘ri kelyapti

  • 17 dekabr, 2022, 18:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya futbol federatsiyasi mamlakat terma jamoasini boshqarish uchun nomzod qidirayotgani haqida xabarlar tarqatildi.

Tecno

Nomzodlar orasida “Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino ham bor. Tajribali murabbiy Portugaliya terma jamoasini qabul qilib olishga qarshi emasligini bildirgan. Biroq, Mourino bu ishni “Roma”dagi faoliyati bilan hamohang olib borishni talab qilgandi.

Mourinoning agenti Jorje Mendesh ushbu masala yuzasidan Portugaliya futbol federatsiyasi rahbari Fernandu Gomesh bilan uchrashdi.

Corriere dello Sport nashrining ma’lum qilishicha, uchrashuvda Mourinoni terma jamoaga bosh murabbiy etib tayinlash imkoniyatlari tahlil qilingan. Unga ko‘ra, Joze o‘z yurti termasida ishlash uchun “Roma”dan ketishi kerak.

Rim klubi rahbariyati ham Mourinoga ikkita joyda ishlash imkoniyatini bermoqchi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!