
Mourino "Roma"dan ketib qolishi mumkin
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino bosh murabbiy Grem Potterni iste’foga chiqargan “Chelsi”ni boshqarish mumkin.
Klub rahbariyati portugaliyalik mutaxassisni taklif etiladigan murabbiylar ro‘yxatiga kiritdi. Mutasaddilar Mourinoning Londonda uyi borligini biladi.
Bundan tashqari, aksariyat muxlislar Mourinoning klubga qaytishiga ijobiy munosabat bildiryapti. Ular jamoani dunyo tanigan va tan olgan mutaxassis boshqarishini istaydi. Mourino aynan mana shunday mutaxassis.
Mourino bungacha ikki marta “Chelsi”ga ustozlik qilgan. Dastlab, 2004-2007 yillari, keyin 2013-2015 yillarda “aristokratlar” bosh murabbiyi bo‘lib, jamoani sakkizta sovrin qo‘lga kiritishiga xizmati singgan.
Fikrlar