
Mourino “Roma”dan haydalsa, o‘rnini klub afsonasi egallaydi
Mashhur murabbiy Joze Mourinoning “Roma”dagi faoliyati o‘zi kutgandek davom etmayapti. Jamoa Italiya kubogidan chiqib ketganidan keyin portguliyalik murabbiyning iste’fosi masalasi yana kun tartibiga qaytdi.
Gazzetta dello Sport nashri Joze Mourino ishdan olingan taqdirda jamoani “bo‘rilar” safida 17 yil to‘p tepgan Daniele De Rossi egallashi haqida yozdi.
Klub rahbariyati jamoa tarixida chuqur iz qoldirgan mutaxassisni olib kelish orqali muxlislar bilan munosabatni o‘nglab va mustahkam olishni ko‘zlayotgani ta’kidlandi.
Italiya matbuoti Rim klubi xo‘jayinlari Joze Mourino qayd etayotganidan norozi ekani haqida yozmoqda. O‘z navbatida, Daniele De Rossi orzusi o‘zi o‘ynagan jamoani boshqarishni orzu qilishi to‘g‘risida bayonot bergandi.
Fikrlar