Mourino “Roma”da qancha qoladi?

  • 21 may, 2022, 16:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourinodan xuddi ser Aleks Fergyuson “Manchester Yunayted”ni 20 yil boshqargani singari Rimda uzoq muddatga qolish imkoniyati haqida so‘rashdi. Portugaliyalik mutaxassis jurnalistlarga o‘z uslubida ajoyib javob berdi.

Tecno

- Fergyuson “Manchester Yunayted”ni 20 yildan ortiqroq boshqardi. Shunda men Rimda 79 yoshimgacha qolishim kerakmi?!

Balki 70 yoshgacha shu erda ishlarman. Bu savolni tushundim, menga shu erda bo‘lish yoqadi, buni ko‘rib turibsizlar. Lekin men uch yillik loyihaga rozilik berganman. Keyin nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi.

Shartnomam yakunlanmagunicha ketish niyatim yo‘q.  Uyog‘iga loyiha qanday rivojlanishiga qarab ish tutamiz.   Hozir eng muhim jihat shuki, men Rimda ishlashni istayman. Bu savolga eng zo‘r javob, - dedi Mourino.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!