Mourino “Roma” futbolchilarini terma jamoaga qo‘yib yubormaydigan bo‘ldi!

  • 20 sentabr, 2022, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma”ning yangi mavsumdagi etakchilari – Paulo Dibala va Lorentso Pellegrini mushaklaridagi jarohat tufayli tibbiy xodimlar xizmatiga muhtoj bo‘lmoqda.

Tecno

Bu holat jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino va “bo‘rilar”ning muxlislarini ancha xavotirga solib qo‘ygan.

Har ikki futbolchi qo‘shimcha ravishda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi va shundan so‘ng ularning tiklanishi uchun qancha vaqt ketishi ma’lum bo‘ladi.

Dibala Argentina terma jamoasidan, Pellegrini esa Italiya terma jamoasidan navbatdagi yig‘inga taklif olgan.

Klub rahbariyati har ikki futbolchining jarohati og‘irlashib ketmasligi uchun terma jamoa yig‘iniga qo‘yib yubormaydigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!