Mourino “Real” yulduzini chaqirdi

  • 20 dekabr, 2020, 10:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning xorvatiyalik yarim himoyachisi Luka Modrich tez orada “Tottenxem”ga qaytishi mumkin. “Oltin to‘p” sohibini Joze Mourino o‘z shogirdlari orasida ko‘rishni maqsad qilgan.

Tecno

Modrichning amaldagi shartnomasi mavsum oxirida nihoyasiga etadi. “Qirollik klubi” hali yangi bitim taklif qilmadi. “Tottenxem” bundan foydalanib, qishki transfer vaqtida Modrich bilan kelishuvga erishmoqchi.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Tottenxem” bosh murabbiyi Joze Mourino 35 yoshli futbolchini Londonga qaytishga ko‘ndirish uchun shaxsan o‘zi unga telefon qilgan.

Qizig‘i shundaki, 2012 yili Mourinoning o‘zi Modrichni “Tottenxem”dan “Real”ga transfer qilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!