
Mourino "Real Madrid" futbolchisini Turkiyaga olib kelmoqchi
"AS" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "Fenerbaxche" bosh murabbiyi Joze Mourino jamoa darvozaboni Dominik Livakovichning o‘yinidan qoniqmayapti. Shuningdek, futbolchining o‘zi ham Turkiyadagi holatidan mamnun emas. Hozirda xorvatiyalik darvozabonning "Nottingem Forest"ga ijara asosida o‘tishi haqida muzokaralar olib borilmoqda.
Shu bilan birga, Mourino o‘z jamoasida "Real Madrid" darvozaboni Andrey Luninni ko‘rishni istamoqda. "Fenerbaxche" madridliklar bilan transfer shartlarini aniqlash uchun rasmiy so‘rov yo‘lladi.
Ma’lumot uchun, ukrainalik posbonga "Galatasaray" ham qiziqish bildirgan, ammo u klubning asosiy transfer maqsadi hisoblanmaydi.
Fikrlar