Mourino o‘ziga yangi jamoa tanladi

  • 13 aprel, 2023, 08:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino ish joyini o‘zgarishtirishga tayyor. Bu haqda taniqlik jurnalist Adrien Grene xabar berdi.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, portugaliyalik mutaxassis PSJni boshqarishga rozi ekanini bildirgan. Parijliklar yozda hozirgi bosh murabbiy Kristof Galte bilan xayralashadi. Frantsiyalik mutaxassis Neymar, Lionel Messi va Kilian Mbappe kabi yulduzlarga ta’sir o‘tkaza olmayapti.

Joze Mourino uchun PSJ zaxira varianti hisoblanadi. Aslida Joze “Chelsi” taklifini kutmoqda. “Aristokratlar” yozda jamoani doimiy boshqaradigan mutaxassis bilan shartnoma imzolashi kerak.

Mourino faoliyatida uchinchi marta “Chelsi”ni boshqarishga tayyor. Agar bu variant o‘xshamasa u Parij klubida ishlashni rejalashtiryapti.

“Roma” rahbariyatih ham 2021 yilning yozida kelgan Mourinoni qo‘yib yuborishga qarshi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!