
Mourino bir futbolchi uchun ikki iste’dodni "qurbon" qilyapti
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino o‘z shogirdlari orasida “Sassuolo” etakchisi Davide Frattezini ko‘rmoqchi.
23 yoshli yarim himoyachi ham o‘zini tarbiyalagan klubga qaytish istagini bildirgan. Yaqinda Davide “Sassuolo” rahbariyatidan uni Rimga qo‘yib yuborishni so‘radi.
“Sassuaolo” etakchisini 30-35 million evroga baholamoqda. Rimliklarda o‘z tarbiyalanuvchisi transferidan 30 foizlik ulush bor.
Shunga qaramay, “Roma” sport direktori Tgu Pinto bu transferni pul bermay hal qilmoqchi. Poytaxtliklar sassuololiklarga Frattezini ikki yosh o‘yinchi – Edoardo Bove va Kristian Volpatoga almashtirishni taklif qilyapti.
Fikrlar