Mourino meni besh daqiqada ko‘ndirdi

  • 22 iyul, 2022, 21:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”dan “Roma”ga ko‘chib o‘tgan serbiyalik yarim himoyachi Nemanya Matich Rim klubini tanlashi uchun bosh murabbiy Joze Mourino bilan besh daqiqa suhbatlashgani kifoya qilganini bildirdi.

Tecno

- Yarim himoyachilar orasida faqatgina Frenk Lempard Joze Mourino qo‘l ostida mendan ko‘p o‘yin o‘tkazgan.

Portugaliyalik mutaxassis meni “Roma”ga o‘tishga ko‘ndirishi uchun besh daqiqadan kam vaqt kifoya qildi. “Manchester Yunayted”ni tark etganimdan keyin u menga qo‘ng‘iroq qildi va taklifini qabul qildim.

Mourinoda futbolchilarda ishtiyoq uyg‘otish va oldinga intilishiga turtki beradigan o‘ziga xos xususiyat bor. U hech qachon o‘zidan qoniqib qolmaydi. Bir o‘yinda yutdimi, navbatdagisi haqida bosh qotiradi, - dedi Nemanya Matich.

33 yoshli futbolchi rimliklar bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!