
Mourino “Manchester Yunayted” haydagan yulduzni oladi
Joze Mourino boshqarayotgan “Fenerbahche” yozgi transferlar vaqtida o‘z tarkibiga “Manchester Yunayted”ga tegishli bo‘lgan hujumkor futbolchi Jeydon Sanchoni qo‘shib olmoqchi.
Yeni Asir nashrining yozishicha, bu klub 25 yoshli o‘yinchi yordamida kelasi mavsum Turkiya Superligasida g‘olib chiqishni maqsad qilgan.
Joze Mourino bu transferni ma’qullagani va o‘z jamoasidan Sanchoga joy topib berishga tayyorligi aytilmoqda.
“Manchester Yunayted” to‘rt yil avval o‘z ampluasi bo‘yicha Evropaning eng kuchli o‘yinchilaridan hisoblangan Sanchoni Dortmundning “Borussiya” klubidan 85 million evroga xarid qilgandi. Biroq bu transfer o‘zini oqlagani yo‘q.
Manchesterliklar mavsum boshida Jeydonni “Chelsi”ga ijaraga berib yuborgandi. Yozdi hujmkor futbolchi o‘ziga yangi jamoa topishi kerak.
Transfer ekspertlari bir paytlar 130 million evroga baholangan Sanchoni olish uchun endi 30 million evro etarli bo‘lishini ta’kidlagan. Uning “Yunayted” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyunigacha davom etadi.
Fikrlar