Mourino lavozimidan voz kechdi

  • 24 iyun, 2023, 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joze Mourino qit’a futboliga mas’ul tashkilot – UEFA maslahatchilar kengashidagi lavozimidan voz kechdi.

Tecno

Portugaliyalik mutaxassis 2023 yilning aprel oyida Zinedin Zidan, Karlo Anchelotti, Patrik Vieyra va Luish Figu kabi mashhur shaxslar qatorida kengashga qabul qilingan edi.

- Afsus bilan shuni ma’lum qilamanki, men zudlik bilan bu guruh vakilligidan chiqaman. Men bu kengashga qo‘shilganimda to‘liq ishongan printsiplarim endi yo‘q va ular qolmadi. Shu bois mana shunday qaror qabul qilishga majburman. Qarorimni tashkilot prezidenti janob Aleksandr Cheferinga etkazib qo‘ying, - deb murojaat yozdi Joze Mourino.

Mutaxassislar Joze Mourinoning keskin qarorga kelishiga UEFA tartib-intizom qo‘mitasi uni to‘rt o‘yinga diskvalifikatsiya qilgani sabab bo‘lganini ta’kidlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!