Mourino kutayotgan “Barsa” futbolchisiga boshqa xaridor chiqdi

  • 1 oktabr, 2021, 18:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joze Mourino “Roma”ni qabul qilib olganidan beri “Barselona” himoyachisi Kleman Langleni o‘z jamoasiga qo‘shib olishni orzu qilmoqda.

Tecno

Biroq, rimliklarga iste’dodli futbolchini qo‘lga kiritish oson bo‘lmaydi. Ayni paytda bu o‘yinchiga “Sevilya” ham og‘iz sola boshladi.

Andalusiyaliklar asosiy himoyachisi Jyul Kundeni katta narxga grand klublarga pullamoqchi. Shu bois, uning o‘rnini egallaydigan futbolchi sifatida Kleman Langlega e’tibor qaratilmoqda.

Langle uch yil muqaddam “Sevilya”da o‘ynar edi. Bu jamoa o‘shana “Barselona” nazariga tushgan o‘yinchisini kataloniyaliklarga 36 million evroga sotib yuborgandi.

26 yoshli futbolchining kataloniyaltklar bilan shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. “Roma” ham, “Sevilya” ham uni erkin agent sifatida olmoqchi. Har ikki jamoa qishki transferlar vaqtida Kleman bilan kelishib olishga harakat qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!