
Mourino jamoasiga mashhur himoyachini chaqirdi
“Fenerbahche” bosh murabbiyi Joze Mourino klub rahbariyatidan jamoa tarkibini kuchaytirish uchun yangi o‘yinchi olib berishni talab qilyapti.
Ma’lumotlarga qaraganda, portugaliyalik mutaxassis jamoaga o‘zi yaxshi biladigan eski tanishi Merix Demirelni jalb qilmoqchi. U bu o‘yinchi yordamida himoya chizig‘ini kuchaytirishni maqsad qilgan.
Merix aslida “Fenerbahche” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Professional faoliyati davomida Turkiyadan tashqari Portugaliya va Italiyada bir necha jamoalarda to‘p tepgan.
26 yoshli himoyachi ayni paytda Saudiya Arabistonida “Al-Ahli” jamoasida o‘ynayapti. Unga “Beshiktosh” ham qiziqish bildirgan. Biroq, Joze Mourino qo‘l ostida o‘ynash imkoniyati Demirelni qadrdosh klubga qaytarishi mumkin.
Fikrlar