
Mourino jahon chempioniga imkon bermoqchi
“Yuventus”ga kerak bo‘lmay qolgan Sami Xedira Angliya premer-ligasida to‘p tepish orzusida ekanini ma’lum qilgandi.
Ayni paytda ikki klub uning orzusini ro‘yobga chiqarishga tayyor. “Tottenxem” tajribali himoyachiga imkon bermoqchi. Xediraning o‘zi ham Joze Mourino qo‘l ostida to‘p surish istagida ekanini ochiq aytgandi.
Bundan tashqari, germaniyalik yarim himoyachiga “Everton”dan ham chorlov bo‘lyapti. Jamoa bosh murabbiy Karlo Anchelotti yana Xediraga ustozlik qilish niyati borligini yashirmadi.
“Yuventus” birorta uchrashuvda o‘ynatmagan Sami Xediraga “Leyptsig” ham ko‘z tikayotgani haqida xabar bergan edik.
Fikrlar