Mourino Italiya kubogi haqida: Bu Evropadagi eng yomon kubok

  • 13 yanvar, 2023, 12:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino Italiya kubogi formatini tanqid qildi.

Tecno

“Men ushbu turnirda g‘olib chiqishni istardim. Men bu sovrinni avval boshqa klub bilan qo‘lga kiritganman, endi “Roma” bilan bu ishni takrorlamoqchiman. Shuni aytishim kerakki, menimcha bu Evropadagi eng yomon kubok. U kichik klublar manfaatlarini himoya qilmaydi. Masalan, “Torino” safarda “Milan”ni mag‘lub etdi va keyingi o‘yinni yana safarda o‘tkazadi. Turnirning formatini tushunmayapman. Chempionni mag‘lub etgan "Torino" nima uchun yana mehmonda o‘ynashi kerak? Italiya Kubogining go‘zalligi qaerda?", - dedi portugaliyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, “Roma” 1/8 finalda “Jenoa”ni mag‘lub etib (1:0) musobaqaning chorak finaliga yo‘l oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!