Mourino imkon bermagan futbolchi autsayder safiga o‘tdi

  • 5 sentabr, 2021, 17:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bosh murabbiy Joze Mourinoga kerak bo‘lmagani uchun “Roma”dan yangi shartnoma olmagan argentinalik yarim himoyachi Xaver Pastore ishsiz qolib ketishiga bir bahya qoldi.

Tecno

32 yoshli futbolchi so‘nggi pallada Ispaniya chempionati autsayderlaridan biri – “Elche” jamoasi bilan kelishuvga erishdi. Argentinalik o‘yinchi mavsum oxiriga qadar La Ligada ushbu jamoaga yordam berishga harakat qiladi.

Pastore Evropaga 2009 yili kelgan va “Palermo” safiga qo‘shilgan. 2011 yilda PSJga transfer qilinib, faoliyatining eng yorqin onlarini Parij klubida o‘tkazdi. 2018 yildan beri “Roma”da o‘ynayotgan edi.

Xaver Pastore Argentina terma jamoasida 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol ham urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!