Mourino ikki nafar zo‘r futbolchi topdi

  • 24 dekabr, 2020, 13:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joze Mourino “Tottenxem”ning hujum salohiyatini oshirish uchun ikki nafar zo‘r futbolchi olib kelishni rejalashtiryapti.  

Tecno

Portugaliyalik mutaxassis birinchi navbatda “Lester”ning hujumkor futbolchisi Demerey Greyni transfer qilmoqchi. Bu futbolchi to‘rt mavsum davomida “tulkilar”ga etakchilik qilganiga qaramay, bosh murabbiy Brendan Rojers joriy  chempionatda uni birorta uchrashuvda o‘ynatgani yo‘q.

Greyning shartnomasi yozda tugaydi va “Lester” uni qishda arzon narxga sotib yubormoqchi. Bu futbolchiga “Vest Bromvich” va “Nyukasl”dan ham taklif bo‘lgandi. Biroq Demereyning o‘zi sovrinli o‘rinlar uchun kurashadigan va Evropakuboklarda ishtirok etadigan jamoaga o‘tmoqchi ekanini bildirdi.

Mourinoning nishoniga tushgan ikkinchi futbolchi “Brentford” hujumchisi Markus Forssni olish uchun “Tottenxem” xarajat qilishi kerak bo‘ladi. Chunki 21 yoshli finlyandiyalik to‘purarning shartnomasi yana ikki yarim yil davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!