Mourino haydagan yulduzga yangi jamoa topildi

  • 19 avgust, 2021, 13:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joze Mourino “Roma” qabul qilib olganidan keyin o‘ziga ma’qul kelmagan bir guruh futbolchilar bilan ishlamasligini bildirgandi. Portugaliyalik mutaxassisning “qora ro‘yxati”ga Ispaniya terma jamoasida jahon chempioni bo‘lgan Pedro ham kiritilgandi.

Tecno

Nihoyat, hujumkor yarim himoyachi “Roma”ni tark etadigan bo‘ldi. Pedro “bo‘rilar”ning ashaddiy raqibi "Latsio“ safiga qo‘shiladi.

“Latsio” bosh murabbiyi Mauritsio Sarri 34 yoshli futbolchi hali o‘zini ko‘rsata olishiga ishonmoqda. Pedro “Chelsi” futbolchisi sifatida Sarri qo‘l ostida to‘p surgan va murabbiy ishonchini oqlagan.

Pedroning “Roma” bilan yana ikki yillik shartnomasi bor. Ikki klub o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, futbolchi tekinga qo‘yib yuboriladi. Biroq, uning o‘yiniga qarab, bonuslar qayta ko‘rib chiqiladi. Pedroning o‘zi “burgutlar” safiga o‘tishi uchun maoshi sezilarli darajada kamayishiga rozilik berdi.

Pedro o‘tgan mavsumda “Roma” safida 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, beshta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!