
Mourino hamma maqtayotgan futbolchini olib qo‘ymoqchi
“Ayaks” himoyachisi Yurrien Timber yozda jamoasini almashtirish ehtimoli juda katta.
21 yoshli futbolchining xaridorlari safi ortib bormoqda. Ular qatoriga “Roma” qo‘shildi.
Timberga asosiy da’vogar sifatida uning ustozi Erik ten Xag boshqarayotgan “Manchester Yunayted” e’tirof etilayotgan edi. Lekin oraga Joze Mourinoning suqulgani vaziyatni o‘zgartirib yuborishi mumkin.
Timber himoya markazi va o‘ng qanotda faol o‘ynay oladi. Shu bois, portugaliyalik mutaxassis uni “Roma”ga olib kelmoqchi.
Yurrien futbol sirlarini “Feyenoord” akademiyasida o‘rgana boshlagan. 2014 yilda “Ayaks”ga ko‘chib o‘tgan himoyachi yaqinda amaldagi shartnomasini 2025 yilning yozigacha uzaytirdi.
Timber klublar miqyosida jami 193 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z vazifasini uddalashdan tashqari o‘nta gol va oltita assist muallifi ham bo‘lgan.
Fikrlar