Mourino Gvardiolaga ishora qilib tanqid qildi: "Agar g‘oya bilan halok bo‘lsang – ahmoqsan"

  • 24 iyul, 00:14
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Fenerbaxche" bosh murabbiyi Joze Mourino yaqinda bergan intervyusida o‘z uslubiga mahkam yopishib oladigan murabbiylarni tanqid qildi. 

Tecno

Uning so‘zlaridan sezilishicha, bu gap Xosep Gvardiolaga qaratilgan bo‘lishi mumkin.

"Yomon darvozabon bilan himoya orqali to‘pni o‘yinga qo‘shish qiyin. Esimda, Gvardiolaning "Siti"sida Xart bor edi — u eng yaxshi angliyalik posbon edi. Ammo u Bravoni olib keldi, u ham etarli bo‘lmadi. Keyin Edersonni oldi.

Ayrim murabbiylar ish bermaydigan g‘oyalarga mahkam yopishib, muvaffaqiyatsizlikka uchraydi va "Men g‘oyamdan voz kechmadim", deydi. Agar sen g‘oya bilan halok bo‘lsang – demak, sen ahmoqsan. Murabbiy mavjud tarkibga moslashishi kerak" — dedi Mourinyu "Canal 11" telekanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Mourino 2024 yil yozida "Fenerbaxche" bosh murabbiyi etib tayinlangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!