Mourino “Galatasaroy”ga “urush” ochdi

  • 1 mart, 11:58
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Mashhur murabbiy Joze Mourino Turkiyada kutilmagan mojaroga duch keldi. “Fenerbahche” va “Galatasaroy” o‘rtasidagi uchrashuv davomida hissiyotlarini jilovlay olmagan portugaliyalik mutaxassis raqib jamoa vakillari va zaxira hakamini haqorat qildi.

Tecno

Joze Mourino hisob ochilmagan uchrashuvdan keyin raqib jamoaning zaxiradagi o‘yinchilari va murabbiylari “maymundek sakradi”, degan jumlani ishlatgan.

“Galatasaroy” mutasaddilari buni irqchilik sifatida baholab, Joze Mourino ustidan sud,  FIFA va UEFAga shikoyat arizasini berishini ma’lum qilgandi.

Turkiya futbol federatsiyasi esa, masalani o‘rganib chiqib, Joze Mourinoni raqibga nisbatan irqchilik qilgani va zaxira hakami Slavko Vinchichni haqoratlagani uchun to‘rt o‘yinga diskvalifikatsiya qildi.

Endi Joze Mourino ham bunga qarab turmaydigan bo‘ldi. Taniqli murabbiy  “Galatasaroy” uni irqchilikda ayblagani uchun ma’naviy zararni undirish uchun sudga klub ustidan ariza berdi.

Bu haqda “Fenerbahche” klubi rasmiy sayti orqali ma’lum qildi. Mourino raqib jamoa rahbariyatidan ma’naviy zarar uchun 50 million evro pul undirib olishni mo‘ljallayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Асманов Асман
01/03/2025 16:35
Ами чиксин