Mourino g‘alabadan so‘ng faqat bir o‘yinchini maqtadi

  • 10 oktabr, 2022, 18:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” A Seriyaning to‘qqizinchi turida “Olimpiko”dagi bahsda “Lechche”ni qiyinchilik bilan 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Tecno

“Bo‘rilar”ga g‘alaba keltirgan gollarga Kris Smolling va Paulo Dibala mualliflik qildi.

“Roma” bosh murabbiyi bellashuvdan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.

- Anchadan beri bunaqa o‘yin bo‘lganini eslay olmayman. Biz uchrashuvning katta qismida bir futbolchi ko‘p bo‘lib o‘ynaganimizga qaramay, men be bahs tezroq tugashini intizorlik bilan kutdim.

Payshanba kungi bahsdan keyin yakshanba kuni maydonga tushish har doim qiyin bo‘lgan. Charchaganingdan keyin oson narsalar ham murakkablashib ketadi. Belottidan tashqari qolgan futbolchilar to‘p bilan yaxshi ishlay olmadi, - dedi Joze Mourino.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
nazarov Muhammadmirzo
10/10/2022 19:35
Krisa mavr ertak to'qima belottidan zaxira futbolchilari volpato bove lar ham yahwi o'ynedi