
Mourino "Fenerbaxche"ga portugaliyalik hujumchini olib kelmoqchi
"Chelsi" futbolchisi Joau Felish faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Todofichajes" nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, Joze Mourino murabbiylik qilayotgan Istanbulning "Fenerbaxche" klubi 25 yoshli portugaliyalik qanot hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olish niyatida.
Futbolchi mavsum startida "Chelsi" safiga kelib qo‘shilgan edi. Vinger hozirga qadar barcha musobaqalarda 19 ta bahsda maydonga tushib, 7 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Ma’lumot uchun, Felish londonliklar bilan 2030 yil iyun oyi oxiriga qadar shartnoma tuzgan. Transfermarkt portali portugaliyalik futbolchini 30 million evroga baholamoqda.
Fikrlar